"Inter"ning sobiq yulduzi - "Yuventus"ning ustuvor maqsadi

"Fenerbaxche" markaziy himoyachisi Milan Shkrinyar "Yuventus" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Keksa sinora" rahbariyati slovak futbolchisini yanvar oyi uchun ustuvor transfer maqsadi sifatida belgiladi, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport. Turin klubi Gleyson Bremerning jarohatlar bilan bog'liq muammolari fonida markaziy himoyani kuchaytirishga intilmoqda.
Milan Shkrinyarning Transfermarkt saytidagi taxminiy narxi - 12 mln evro. 30 yoshli futbolchi joriy yilning iyul oyida "PSJ"dan "Fenerbaxche"ga ko'chib o'tgan, bungacha esa turk jamoasida ijara asosida to'p tepgan. Frantsiyaga jo'nab ketishdan oldin markaziy himoyachi etti yarim yil Italiyada bo'lib, u erda "Sampdoriya" (2016-2017) va "Inter" (2017-2023) klublarida o'ynagan.