"Inter"ning muhim futbolchisi olgan jarohat jiddiyroq bo'lib chiqdi

"Inter" futbolchisi Denzel Dyumfris 9 noyabr kuni A Seriya doirasida "Latsio"ga qarshi o'yinda to'pig'idan olgan jarohatidan so'ng kamida to'rtta o'yinga safdan chiqdi.
Jarohatning holati haqidagi dastlabki taxminlar juda optimistik edi - tekshiruv jiddiyroq muammolarni aniqladi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Dyumfris keyingi to'rtta uchrashuvni o'tkazib yuborishi aniq. Futbolchi 9 dekabr kuni bo'lib o'tadigan "Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinidagina maydonga qaytishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, tiklanish muddati uzayishi mumkinligi ta'kidlanmoqda: futbolchi dekabr oyi oxirigacha maydonga tushmasligi ehtimoli yo'q emas.