"Inter"ning germaniyalik futbolchisi vataniga qaytishi mumkin

"Inter" markaziy himoyachisi Yann Bissek qishda jamoani tark etishi mumkin.
24 yoshli germaniyalik futbolchini "Ayntraxt" o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Ular himoyadagi muammolarni aynan Bissek transferi orqali yopmoqchi.
Futbolchi 2023 yilda 7 million evro evaziga "Aarus" klubidan "neradzurrilar" safiga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.