"Inter" murabbiyi: "Tanqidlar tufayli Zommerni o'zgartirmayman"

Milanning "Inter" klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoa darvozaboni Yann Zommerni asosiy tarkibdan olib tashlamoqchi emasligini aytdi.
"Neradzurrilar" Chempionlar Ligasi doirasidagi "Ayaks"ga qarshi o'yinga yaxshi formada emas: jamoa A Seriyadagi so'nggi ikki o'yinda "Yuventus"ga (3:4) va "Udineze"ga (1:2) yutqazgan. Zommer qattiq tanqidga uchradi, chunki u bir necha qo'pol xatolar qildi.
"Men Zommerni tanqid qilishgani uchun o'zgartirmayman. Men Xosep Martinesni [ikkinchi darvozabonni] juda hurmat qilaman va u o'z imkoniyatlariga ega bo'ladi, ammo qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan futbolchilarni qo'llab-quvvatlash kerak. Yann ertangi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydi. Menimcha, unga tashlanish adolatdan emas," - dedi Kivu matbuot anjumanida.