«Inter Mayami» yangi murabbiy qidirishni to'xtatdi

«Inter Mayami» yaqin istiqbolda yangi bosh murabbiy tayinlashni rejalashtirmayapti, deb xabar berdi insayder Fabritsio Romano o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Xaver Maskerano ketganidan keyin jamoani qabul qilib olgan Gilermo Oyos tarkibni tayyorlash uchun mas'ul bo'ladi. Klub yakuniy qaror qabul qilishdan oldin, unga yaqin oylar ichida o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat beriladi.
«Inter Mayami» MLS muntazam chempionatining Sharqiy konferentsiyasi turnir jadvalida 7 ta o'yindan so'ng 12 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.