"Inter Mayami" Suares bo'yicha qaror qabul qildi

"Inter Mayami" hujumchisi Luis Suares klub bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
38 yoshli futbolchi faoliyatini shu yil oxirida yakunlash haqida o'ylayotganini tan olgan, ammo "qo'tonlar" urugvaylik yulduzni faoliyatini davom ettirishga ko'ndirmoqda. Jurnalist Martin Cherkeroning ma'lum qilishicha, "Inter Mayami" allaqachon Suaresga yangi shartnoma bo'yicha taklif bilan chiqqan. Hujumchi hali yakuniy qarorga kelgani yo'q.
Luis Suaresning amaldagi shartnomasi dekabr oyida o'z nihoyasiga etadi. Faxriy futbolchi joriy mavsum Xaver Maskerano jamoasi safida 43 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va shuncha assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.