"Inter Mayami" tarixda ilk bor MLS kubogi finaliga chiqdi.

Lionel Messi to'p tepadigan floridaliklar 1/2 finalda "Nyu-York Siti"ni tor-mor etishdi (5:1).

Bu mavsumgacha "Inter Mayami" birinchi bosqichdan o'ta olmagan va 2024 va 2022 yillarda musobaqani erta tark etgan.

Joriy mavsumning hal qiluvchi bahsida Xaver Maskerano jamoasi 6 dekabr kuni "San-Diego" va "Vankuver Uaytkeps" jamoalari o'rtasidagi yarim final g'olibiga qarshi maydonga tushadi.