"Inter Mayami" bu mavsumda MLS pley-off bosqichiga yo'l oldi.

Xaver Maskerano boshchiligidagi jamoa muntazam chempionat doirasida "Nyu-York Siti" (4:0) ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng pley-off ishtirokchisiga aylandi.

Florida klubi g'alabali seriyasini uchta o'yinga etkazdi. Avvalroq jamoa "Sietl Saunders" (3:1) va "Di Si Yunayted"ni (3:2) mag'lub etgandi.

"Inter Mayami" 29 o'yinda 55 ochko to'plagan holda Sharqiy konferentsiya turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi.

Ikkinchi o'rinda "Tsintsinnati" (58 ochko, 31 o'yin), birinchi o'rinda "Filadelfiya Yunion" (60 ochko, 31 o'yin) bormoqda.