Lionel Messi to'p tepayotgan "Inter Mayami" klubi ilk bor MLS kubogini qo'lga kiritgach, o'z stadionidagi chimni sotib yuboradi. 6 dekabr kuni "Chase" stadionida bo'lib o'tgan final bahsida floridaliklar "Vankuver"ni mag'lub etishdi (3:1).

Gazonning narxi esdalik sovg'asining hajmi va qadoqlash turiga qarab 50 dan 725 dollargacha o'zgaradi.

Yangi mavsumda "Inter Mayami" yangi arena - Miami Freedom Park’ga ko'chib o'tadi.