«Inter Mayami» Kazemiro agentlari bilan muzokaralarni boshladi

«Manchester Yunayted» va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro Lionel Messi bilan bir jamoada o'ynashi mumkin.
Insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, argentinalik yulduz o'ynaydigan «Inter Mayami» klubi allaqachon 34 yoshli braziliyalikning atrofidagi vakillar bilan muzokaralarni boshlagan.
Futbolchi ilk taklifni ham qabul qilib ulgurgan, biroq uning tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.
Qayd etilishicha, Kazemiro MLSga ko'chib o'tish variantiga ochiq, ammo transferga moliyaviy shartlar to'sqinlik qilishi mumkin. Chunki braziliyalik utbolchiga Evropaning bir nechta klublaridan hamda Saudiya Arabistonidan takliflar bor.
Eslatib o'tamiz, bundan avval «Manchester Yunayted» Kazemiro mavsum yakunida jamoani tark etishini rasman e'lon qilgan edi. Tomonlar o'zaro kelishuvga kelgan.