«Inter» «Liverpul» yarim himoyachisi bo'yicha yangi muzokaralar o'tkazadi

Milanning «Inter» klubi «Liverpul» yarim himoyachisi Kyortis Jons transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, klublar o'rtasida ingliz futbolchisi bo'yicha yangi to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar rejalashtirilgan — uchrashuv keyingi haftada bo'lib o'tadi. 25 yoshli futbolchi «neradzurri»ning transfer bozoridagi ustuvor maqsadi bo'lib qolmoqda. Italiya grandi «qizillar» xavbekining o'zi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan — kelishuv 2031 yilgacha mo'ljallangan. Endilikda faqat «Liverpul»ning roziligini olish qoldi.
Kyortis Jons faoliyatining boshidan buyon mersisaydliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Yakunlangan mavsumda futbolchi jamoa safida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Manba: Stadion.uz