Milanning «Inter» klubi «Roma» yarim himoyachisi Manu Konega bo'lgan qiziqishini saqlab qolmoqda. 24 yoshli futbolchining «neradzurri» lageriga o'tishi haqidagi xabarlar anchadan beri tarqalmoqda va joriy mavsum yakunlanganidan so'ng ish rasmiy muzokaralargacha etib borishi mumkin. La Gazzetta dello Sport nashrining ma'lumotlariga ko'ra, «Inter» yozda frantsuz futbolchisini sotib olishga harakat qiladi, biroq transfer narxi avval taxmin qilinganidek 40 million evro emas, balki taxminan 50 million evroni tashkil etishi kutilmoqda.

Transfermarkt portali ekspertlari ham futbolchining qiymatini aynan 50 million evroga baholamoqdalar. Xavbekning «Roma» bilan shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda Kone rimliklar safida 34 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.