Madridning «Atletiko» klubi chap qanot himoyachisi Matteo Rudjeri A Seriyaga qaytishi mumkin. 23 yoshli futbolchiga Milanning «Inter» klubi da'vogarlik qilmoqda: FcInterNews bergan ma'lumotlarga ko'ra, «neradzurri» vakillari «matraschilar» laterali bo'yicha allaqachon so'rov yuborishgan.

Agar Italiya chempionlari Karlos Augusto bilan xayrlashadigan bo'lsa, rasmiy muzokaralar boshlanishi taxmin qilinmoqda.

«Atletiko» Matteo Rudjerini o'tgan yilning yozida «Atalanta»dan 17 million evroga sotib olgan edi. Ispaniyadagi debyut mavsumida o'yinchi Diego Simeone jamoasi safida 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 7 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Transfermarkt portali italiyalik futbolchining bahosini 28 million evro deb hisoblamoqda.