Milanning "Inter" klubi "Everton" futbolchisi Iliman Ndiayega qiziqish bildirayotgan edi. "Neradzurrilar" o'tgan transfer oynasida "irislar"ga 25 yoshli futbolchi uchun so'rov yubordi. Jurnalist Patrik Boylandning yozishicha, Italiya grandi vingerni 46 mln evroga baholagan, biroq liverpulliklar o'ylab o'tirmay rad javobini berishgan.

Iliman Ndiaye 2024 yilning yozida Frantsiyaning "Marsel" klubidan 18 mln evro evaziga "Everton"ga o'tgandi. Umuman olganda, senegallik ingliz jamoasi safida 43 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urgan, shu jumladan Premer-liganing joriy mavsumidagi uchta o'yinda ikkita gol urgan.

Ndiayening mashhur Transfermarkt saytidagi narxi - 22 mln evro.