"Inter" hujumchisi Franchesko Espozitoning agenti Mario Jufreddining ta'kidlashicha, futbolchi atrofidagi shov-shuv darajasi yosh o'yinchi uchun maqbul chegaradan oshib ketgan.

"Ommaviy axborot vositalarida u haqidagi shov-shuvlarni to'xtatishimiz zarur. Endigina faoliyatini boshlayotgan yigitga haddan tashqari katta umid bog'layapsizlar. Unga ishlash, xato qilish va o'sish imkonini bering - karera aynan shunday shakllanadi," - deya agentning so'zlarini keltiradi Tuttomercatoweb.

Jufreddining aytishicha, 20 yoshli italiyalik o'z kelajagi haqidagi taxminlarga emas, balki faqat futbolga e'tiborini qaratmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalardagi 6 ta o'yinda hujumchi 1 ta gol urgan.

Espositoning "Inter" bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.