"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Nyukasl"ning qiziqish doirasiga tushdi.

Biroq, kelishuv amalga oshishi dargumon. Transfer News Live nashrining xabar berishicha, Angliya Premer-ligasi klubi vakillari Martinesning agentiga qo'ng'iroq qilgan, biroq u qo'ng'iroqqa ham javob bermagan.

Lautaro Martines 28 yoshda. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari argentinalik hujumchini 95 million evroga baholamoqda.

Futbolchining "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.