«Inter» himoyachisi yangi shartnoma borasidagi muzokaralarga izoh berdi
Milanning «Inter» klubi chap qanot himoyachisi Karlos Augusto o'z kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Neradzurrilar» braziliyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashdan manfaatdor, biroq tarqalgan mish-mishlarga ko'ra, futbolchi jamoadagi o'z rolidan unchalik mamnun emas, shu sababli muzokaralarni boshlashga shoshilmayapti.
«Shartnomani uzaytirish? Bu borada muhokamalar ketmoqda, lekin hozir bor e'tiborim oldinda turgan ikki oyga qaratilgan. Vazifamiz — joriy mavsum yakuniga qadar ikkita kubokni qo'lga kiritish. Shartnomam haqida esa keyinroq o'ylab ko'ramiz», — dedi Augusto A Seriyaning yakshanba kungi bahsida «Komo» ustidan qozonilgan g'alabadan (4:3) keyingi matbuot anjumanida.
27 yoshli lateralning amaldagi kelishuvi 2028 yilgacha mo'ljallangan.