"Inter" himoyachisi uchun yil yakunlandi

Milanning "Inter" klubi 2025 yil yakuniga qadar asosiy futbolchilaridan birini yo'qotdi.
La Gazzetta Dello Sport xabariga ko'ra, "neradzurrilar" markaziy himoyachisi Franchesko Acherbi "Liverpul"ga qarshi o'yinda mushaklaridan olgan jarohati sabab yilning qolgan qismini o'tkazib yuboradi.
2025/26 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda Acherbi 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2023 yilning iyulidan beri "Inter"da o'ynamoqda. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.