"Inter" himoya markaziga kolumbiyalik futbolchini olib kelmoqchi

Belgiyaning "Bryugge" klubi markaziy himoyachisi Joel Ordones faoliyatini Italiya grandida davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko'ra, "Inter" 21 yoshli kolumbiyalik futbolchini kelasi yozda sotib olinishi mumkin bo'lgan futbolchilar short-listiga kiritgan. Ordones "neradzurrilar" safida Stefan de Vrey va Franchesko Acherbining o'rnini egallashi kutilmoqda.
Hozirda futbolchi Transfermarkt portalida 28 million evroga baholanmoqda. Uning klubi bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha mo'ljallangan.