"Inter" futbolchisi "Santos"ga o'tadi

Tomas Palasios "Inter"dan "Santos"ga o'tadi.
Klublar 22 yoshli himoyachini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olish bo'yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Braziliyaliklar futbolchining ijara muddatidagi maoshini to'liq o'z zimmasiga oladi. Argentinalik futbolchining to'laqonli transferi 10 million evrodan biroz qimmatroqqa tushadi.
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Palasios "Montsa"da o'tkazgandi.