"Inter" forvardi Taremiga Frantsiya klubi qiziqish bildirmoqda

Frantsiyaning "Lion" klubi Milanning "Inter" klubi hujumchisi Mehdi Taremiga da'vogarlar safini to'ldirdi.
33 yoshli futbolchi "neradzurrilar"ning rejalariga mos kelmagani uchun sotiladi. Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, payshanba kuni "Lion" eronlik futbolchiga so'rov yuborgan. "To'quvchilar" futbolchi uchun Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi bilan kurashishi kerak.
Mehdi Taremi "Inter"dagi yagona mavsumida milanliklar safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol va to'qqizta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ekspertlari forvardning narxini 3,5 mln evroga baholamoqda.