«Inter» Espozito bilan shartnomani uzaytirmoqchi

«Inter» o'z tarkibida hujumchi Franchesko Pio Espozitoni saqlab qolmoqchi.
Jurnalist Matteo Moretto bergan ma'lumotlarga ko'ra, Milan klubi yosh futbolchining shartnoma shartlarini yaxshilash va uni uzaytirish bo'yicha uning agenti Mario Juffredi bilan muzokaralarni boshlagan. Espozitoning o'zi ham «Inter»da qolishni afzal ko'rmoqda, shu sababli yangi kelishuvga erishish qiyinchilik tug'dirmaydi.
Franchesko Pio Espozito «Inter» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar