«Inter» Marko Palestrani o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Janluka Di Martsio xabariga ko'ra, milanliklar klubi 21 yoshli futbolchining transferi uchun «Atalanta»ga 40 million evro va yana 5 million evro bonus sifatida taklif qilgan. Bergamo klubi esa o'z o'ng qanot himoyachisini 50 million evroga baholamoqda.

Ta'kidlanishicha, «neradzurrilar» safida to'p surayotgan Denzel Dyumfris «Real»ning e'tiborini tortgan – aynan shu sababli «Inter» Palestrani xarid qilish ishlarini boshlagan.

Marko 2025/26 yilgi mavsumni «Kalyari»da ijara asosida o'tkazdi. U A Seriyada 37 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.