«Inter» direktori Neymar bo'yicha mish-mishlarga javob qaytardi

Milanning "Inter" klubi sport direktori Pero Auzilio klub hujum chizig'ida Neymar bilan shartnoma imzolashi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
"Neymar "Inter"ga o'tadimi? Yo'g'-e, bu bo'lmag'ur gap. Biz buni hech qachon muhokama qilmaganmiz, bizga hech qachon taklif qilishmagan - mutlaqo bema'nilik," - dedi Ausilio.
Ayni paytda 33 yoshli Neymar "Santos" sharafini himoya qilmoqda. Amaldagi shartnoma braziliyalik yulduzni 2025 yil oxirigacha o'z klubi bilan bog'lab turadi.