Stefan de Vrey «Inter» bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.

Milan klubi 34 yoshli himoyachiga yangi qisqa muddatli shartnoma taklif qildi, deb xabar beradi Fabritsio Romano. Futbolchining amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Ta'kidlanishicha, himoyachida boshqa Evropa klublaridan ham takliflar bor.

De Vrey 2018 yildan buyon «Inter» safida to'p surib kelmoqda. U o'tgan mavsumda A Seriyada 11 ta o'yinda maydonga tushdi.