"Inter" bosh murabbiyi Bastoniga "Barselona" va "Real"dan bo'layotgan qiziqishlarga munosabat bildirdi

"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu Alessandro Bastonining kelajagi haqida gapirdi.
Avvalroq 27 yoshli himoyachiga "Barselona" va "Real" klublari tomonidan qiziqish bo'layotgani haqida xabar berilgan edi.
"Bastoni — bizning chempionlarimizdan biri. Uning atrofida transfer mish-mishlari yurishi tabiiy hol — mening fikrimcha, u dunyodagi eng yaxshi markaziy himoyachilardan biri.
Men Alessandroning qanday inson ekanligini bilaman, lekin birinchi navbatda, uning bizga nimalar berganini, berayotganini va kelajakda nimalar bera olishini bilaman...", — dedi Kivu.