"Inter" Belgiyadan himoyachi topdi

Belgiyaning "Bryugge" klubi sharafini himoya qilayotgan ekvadorlik himoyachi Xoel Ordones Italiya A Seriyasida ishlash imkoniyatiga ega.
Jurnalistning ma'lumotiga ko'ra, milanliklar 21 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Neradzurrilar" Ordonesning transferini kelasi yili amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Ekvadorlik futbolchining bozor narxi 28 million evroga baholanmoqda.
O'tgan mavsumda himoyachi Belgiya jamoasining 49 ta o'yinida qatnashib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Bundan tashqari, Ordones ettita sariq kartochka oldi.