«Inter» sport direktori Pero Auzilio jamoa himoyachisi Alessandro Bastonining «Barselona»ga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

«Agar kimdir Bastonini sotib olmoqchi bo'lsa, bu haqda matbuotda gapirmasdan, bizga qo'ng'iroq qilishi kerak. Uning yozda jamoadan ketishi haqida o'ylashimiz uchun hech qanday asos yo'q. Biz Bastonidan juda mamnunmiz va u biz uchun ajoyib o'yinlar ko'rsatishda davom etishiga ishonchimiz komil», — deya funktsionerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Joriy mavsumda 27 yoshli Bastoni barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bastonining «Inter» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining qiymatini 70 million evroga baholamoqda.