"Inter" Bastoni bo'yicha qaror qabul qildi

Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoniga Evropa grandlaridan katta qiziqish bo'layotganiga qaramay uni sotishni o'ylab ham ko'rmayapti, deya xabar berdi jurnalist Ekrem Konur.
"Neradzurrilar" 26 yoshli himoyachisini jamoaning uzoq muddatli rejalaridagi asosiy o'yinchi sifatida ko'radi.
Avvalroq unga "Liverpul" jiddiy qiziqish bildirayotgani va 100 million evrolik taklif yuborishga tayyor ekanligi aytilgandi.