«Inter» Auzilioga yangi shartnoma tayyorlamoqda

Milanning «Inter» klubi sport direktori Pero Auzilio bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyor. Uning hozirgi shartnomasi 2027 yilda yakuniga etadi.
Ma'lum bo'lishicha, Auzilio so'nggi oylarda Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubidan kelgan «juda yirik» moliyaviy taklifni rad etgan. U «neradzurrilar» loyihasiga sodiq qolishni va Milanda ishlashni afzal ko'rgan.
Klub prezidenti Juzeppe Marotta Ausilioni jamoa muvaffaqiyatlarining asosiy omillaridan biri deb hisoblaydi. Shu sababli, rahbariyat sport direktorining xizmatlarini munosib taqdirlab, u bilan hamkorlikni yanada uzoq muddatga davom ettirmoqchi.