Londonning «Arsenal» klubi darvozaboni Kepa Arrisabalaga Milanning «Inter» klubi qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.

«Arsenal Radar» nashrining xabar berishicha, «neradzurrilar» tajribali zaxira darvozaboni izlashmoqda va 31 yoshli ispaniyalik posbon bu pozitsiya uchun «ishonchli» hamda «hamyonbop» variant hisoblanadi.

Italiya grandi Kepani o'z transfer ro'yxatiga (short-list) kiritdi, biroq hozircha muzokaralar olib borilayotgani yo'q.

Arrisabalaganing «to'pchilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uning «Transfermarkt» portalidagi taxminiy bahosi 7 million evroni tashkil etadi.

Joriy mavsumda Kepa Mikel Arteta jamoasi safida barcha turnirlarda 11 ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 11 ta to'p olib chiqdi va 4 ta uchrashuvda «quruq» o'yin o'tkazdi.