"Inter" armanistonlik futbolchiga bo'layotgan qiziqishga munosabat bildirdi

Avvalroq, "Krasnodar" sardori Eduard Spertsyan A Seriyaga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi. Uning xizmatlariga qiziqish bildirayotgan klublar qatorida "Inter" ham bor. Milan klubi matbuot xizmati bu xabarlarga javob berdi.
"Biz bu mavzuni, har qanday transfer mish-mishlari kabi, izohsiz qoldiramiz", dedi "Inter" matbuot xizmati xodimi Luiji Krippa.
"Inter" Italiya chempionatida 15 ta o'yindan so'ng etakchilik qilmoqda. "Qora-ko'klar" ikkinchi o'rindagi "Milan"dan bir ochko oldinda.