"Lids" darvozaboni Milanning "Inter" klubi qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Frantsuz "tovuslar"ning rejasida yo'q - u joriy mavsumda biror marta maydonga tushmadi. Futbolchining shartnomasi kelasi yozda tugaydi, shuning uchun boshqa klublar unga hozirdanoq e'tibor qaratmoqda. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, 25 yoshli darvozabonga "Inter" da'vogarlik qilmoqda. Joriy kampaniya yakunida "neradzurrilar" dekabrda 37 yoshini nishonlaydigan Yan Zommer bilan xayrlashishi mumkin.

Ilon Mele 2020 yilda "Loryan"dan "Lids" safiga kelganidan beri 214 ta o'yinda maydonga tushgan. Transfermarkt ekspertlari Frantsiya yoshlar terma jamoasi sobiq futbolchisining narxini 16 mln evroga baholamoqda.