«Inter» Akanjini uzoq vaqt olib qolmoqchi

Yozgi transfer oynasida "Inter" "Manchester Siti"dan himoyachi Manuel Akanjini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olgan edi.
FcInter News xabariga ko'ra, "neradzurrilar" mavsum oxirida 30 yoshli shveytsariyalik uchun 15 million evro to'lab, to'liq transferni amalga oshirishga tayyor.
Klub futbolchining o'zi bilan 2029 yilgacha, yiliga 4,5 million evro maosh oladigan shartnoma tuzishni kelishib olgan.
Akanji joriy mavsumda jami 6 ta o'yinda harakat qildi.