«Inter» Akanjini to'liq sotib oldi

Italiyaning «Inter» klubi himoyachi Manuel Akanjining transferi bo'yicha «Manchester Siti» bilan kelishuvdagi muhim bandni faollashtirdi.
Milanliklar A Seriya chempionligini qo'lga kiritganidan so'ng, futbolchini sotib olish majburiyati avtomatik ravishda kuchga kirdi. Unga ko'ra, «Inter» shveytsariyalik himoyachi uchun ingliz klubiga 15 mln evro to'laydi.
Shu tariqa, Akanji «neradzurri» a'zosiga aylandi, «Manchester Siti» esa futbolchini doimiy asosda sotganini tasdiqladi.