«Inter» Akanji bo'yicha qaror qabul qildi

Milanning "Inter" klubi "Manchester Siti"dan markaziy himoyachi Manuel Akanjini sotib olmoqchi.
"Neradzurrilar" 30 yoshli shveytsariyalik futbolchini ma'lum shartlar asosida avtomatik ravishda kuchga kiradigan sotib olish majburiyati bilan ijaraga oldi. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, "Inter" rahbariyati majburiy xarid shartlari bajarilmagan taqdirda ham Akanjini kelasi yozda sotib olishni rejalashtirmoqda. Transfer A Seriya grandiga 15 mln evroga tushadi.
Manuel Akanji Kristian Kivu jamoasi safida barcha musobaqalarda to'rtta o'yin o'tkazishga ulgurdi. Futbolchi "Manchester Siti"da uch yil davomida o'ynagan.