"Inter" A Seriya 18-turidan keyin 1-o'rinni saqlab qoldi.

Kecha Kristian Kivu jamoasi "Bolonya"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Bu uning ketma-ket beshinchi g'alabasi bo'ldi.

"Neradzurrilar" 39 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Milan" bir, "Napoli" ikki ochko ortda qolmoqda.

"Yuventus" va "Roma" 33 ochkodan jamg'argan bo'lsa-da, o'zidan oldingi klublarga qaraganda bittadan ko'proq o'yin o'tkazgan.