"Inter" 8 oy ichidagi eng yirik g'alabasini qo'lga kiritdi.

Kristian Kivu boshchiligidagi jamoa A Seriyaning 1-turida "Torino"ni mag'lub etdi (5:0).

Markus Tyuram dubl qayd etgan bo'lsa, Lautaro Martines va Alessandro Bastoni bittadan gol va assistga mualliflik qildi.

2024 yil dekabr oyida "Inter" Italiya chempionatining 16-turida safarda "Latsio"ni 6:0 hisobida mag'lub etgandi.