"Inter"ning g'alabali seriyasiga chek qo'yildi.

Bugun Kristian Kivuning jamoasi Chempionlar Ligasi 1/8 finaliga chiqish uchun o'tish o'yinlarining dastlabkisida "Bude-Glimt"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Bungacha milanliklar qatorasiga 6 o'yinda 20:5 hisobida g'alaba qozongan edi.

Chempionlar Ligasining so'nggi 5 o'yinida "Inter" 4 marta mag'lubiyatga uchradi.

21 fevral kuni "neradzurri" A Seriya doirasida "Lechche"ga qarshi bahs olib boradi.