"Inter" A Seriyaning 2-turidayoq ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.

Kristian Kivuning jamoasi o'z maydonida "Udineze"ga yutqazdi - 1:2.

Oxirgi marta milanliklar 2018/19 yilgi mavsumda Italiya chempionatining ikki turidan keyin 4 ochkodan kamroq to'plagandi. O'shanda ular xuddi bu yilgidek mavsumni g'alaba bilan boshlab, ikkinchi o'yinda mag'lub bo'lishgandi.

13 sentyabr kuni "Inter" "Yuventus"ga qarshi maydonga tushadi.