Lorentso Insine faoliyatini «Sampdoriya» klubida davom ettiradi.

35 yoshli italiyalik hujumchi genuyaliklar bilan bir yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Kelishuvda kontraktni yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham mavjud.

Hozirda Italiyaning ikkinchi divizioni (B Seriya)da ishtirok etayotgan «Sampdoriya» o'tgan mavsumlarda pastki ligaga tushib ketish xavfidan arang qutilib qolgan edi. Evropa chempioni hisoblangan Insinening asosiy vazifasi jamoaning A Seriyaga qaytishiga yordam berishdan iborat bo'ladi. Yangi mavsum sentyabr oyida start oladi.

Manba: Stadion.uz