"Napoli"ning sobiq yarim himoyachisi Lorenso Insine 2011/12 yilgi mavsumda to'p tepgan "Peskara"ga qaytishga yaqin turibdi.

34 yoshli italiyalik futbolchi B Seriya klubi bilan yarim yillik shartnomaga rozi bo'ldi, agar "Peskara" uchinchi divizionga tushib ketmasa, shartnomani uzaytirish imkoniyati bor. 21-turdan so'ng klub 14 ochko bilan turnir jadvalini yakunlamoqda.

Insinening so'nggi klubi "Toronto" bo'lib, u o'tgan yilning yozida jamoani tark etgandi.