Insayder Romano "Yuventus" yulduzi Yildizning kelajagi haqida gapirdi

"Yuventus" hujumchi Kenan Yildiz bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlashda davom etmoqda.
"Keksa sinora" rahbariyati Angliya Premer-ligasi grandlari anchadan beri kuzatib kelayotgan 20 yoshli futbolchi bilan doimiy muzokaralar olib bormoqda. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, Turin klubining istiqbolli turkiyalik bilan muzokaralari bosqichma-bosqich rivojlanib bormoqda. Ayni paytda futbolchi bor e'tiborini "Yuventus"ga qaratgan va hech qaerga ketishni rejalashtirmayapti.
Kenan Yildizga "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Barselona" va Evropaning boshqa top-klublari da'vogarlik qilmoqda. "Byankonerilar" yulduzining Transfermarkt saytidagi narxi - 75 mln evro.