"Manchester Siti" "Bornmut" vingeri Antuan Semeno transferi bo'yicha kelishuvni yopmoqda.

"Shaharliklar" allaqachon futbolchi bilan og'zaki kelishuvga erishgan va transfer amalga oshishiga shubha qilmayapti, garchi "Liverpul" hali ham poygadan chiqmagan bo'lsa-da. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, shu hafta "Manchester Siti" "Bornmut" bilan muzokara o'tkazadi - muzokaralar natijasida transferning barcha shartlari hal bo'lishi mumkin.

Avvalroq Antuan Semenoning shartnomasida 65 mln funt sterling (deyarli 75 mln evro) miqdorida tovon puli ko'rsatilgani va u 10 yanvargacha amal qilishi ma'lum bo'lgandi. Premer-liganing joriy mavsumida 25 yoshli ganalik futbolchi 16 ta o'yinda 8 ta gol urdi va jamoadoshlariga 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.