Insayder Nkunkuning transferidan manfaatdor bo'lgan yana bir klub nomini aytdi

"Aston Villa" transfer oynasining so'nggi haftasida "Chelsi" yarimhimoyachisi Kristofer Nkunku transferini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, birmingemliklar Myunxenning "Bavariya" va Nkunkuning sobiq klubi "RB Leyptsig" ham qiziqish bildirayotgan transfer shartlari haqida xabardor qilingan.
27 yoshli Nkunku 2023 yilning yozidan buyon "Chelsi" safida to'p tepib kelmoqda. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 62 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.