Joze Mourino bosh murabbiy etib tayinlangan taqdirda jamoada ko'rishni istagan futbolchilari ro'yxatini shakllantirdi. Bu haqda futbol insayderi Ramon Alvares de Mon o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.

Jurnalistning bergan ma'lumotlariga ko'ra, Mourino Ibraima Konate va Denzel Dumfris nomzodlarini ma'qullagan. Ularning transferi haqida avvalroq klub prezidenti Florentino Peres ma'lum qilgan edi.

Bundan tashqari, Mourino yana uch nafar futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi. Bular — Rikkardo Kalafori, Bernardu Silva va Mateush Fernandeshdir. Qayd etilishicha, portugaliyalik murabbiy Orelen Tchuameni jamoani tark etgan taqdirda, so'nggi ismi tilga olingan futbolchi transferini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqmoqchi.