Insayder: «Bastonining «Barselona»ga o'tishiga shubham bor»

Italiyalik mashhur jurnalist Janluka di Martsio Alessandro Bastonining Kataloniyaning «Barselona» klubiga ehtimoliy transferi borasidagi vaziyatga izoh berdi. U «Inter»ning talablari va «Barselona»ning ayni damdagi cheklangan imkoniyatlari sababli ushbu kelishuv amalga oshishiga shubha bilan qaramoqda.
«Ispaniyada Bastoniga bo'lgan qiziqishni tasdiqlashmoqda, biroq u erdagi shartlar «Inter» futbolchi bilan xayrlashishga tayyor bo'lgan talablardan farq qiladi. «Barsa»da yuqori maosh oluvchi o'yinchilarni taklif qilishda doimo qiyinchiliklar bo'lgan. Shu bois, hozircha Bastonini Ispaniya stadionlarida ko'rishimga ishonchim komil emas», — deya jurnalistning so'zlarini keltiradi fcinter1908.it nashri.
Qizig'i shundaki, ayni paytda ham «Inter», ham «Barselona» o'z ichki chempionatlarida peshqadamlik qilmoqda va har ikki jamoa ham ta'qibchilaridan etti ochko oldinda bormoqda.