"Arsenal"ning ekvadorlik yangi futbolchisi Pero Inkape London klubiga o'tishdan oldin "kanonirlar"ning sobiq xavbeki Granit Jaka bilan maslahatlashganini aytdi.

"Biz ko'p gaplashdik, lekin "Arsenal" haqida emas, ammo bir payt men undan klub haqida so'radim. U klub haqida va bu erda o'ynab, o'zini qanday his qilganligi haqida ajoyib so'zlar aytdi. O'sha kungi suhbatimiz menga juda yoqdi va u yaqindagina bo'lib o'tgandi. U har doim "Arsenal" haqida yaxshi fikrlar bildirgan," - deya Inkapiening so'zlarini keltiradi "kanonirlar" matbuot xizmati.