Yosh Davide Bartezagining "Milan"dagi muvaffaqiyatlari Evropaning eng yaxshi va boy klublarini qiziqtirib qo'ydi - Tuttomercatoweb xabariga ko'ra, ular orasida Londonning "Arsenal" klubi ham bor. Biroq, "Milan" 2030 yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnomaga ega bo'lgan futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas.

Bartezagining atrofidagilar esa mavjud kelishuv doirasida futbolchining maoshi oshirilishiga umid qilmoqda. Futbolchining kelajagi va motivatsiyasi ko'p jihatdan shunga bog'liq bo'ladi.

"Milan" ayni damda A Seriya turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Yakshanba kuni klub Italiya chempionatining navbatdagi turida "Verona"ga qarshi maydonga tushadi.