Ingliz klubi yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

"Bornmut" asosiy yarim himoyachi Markus Taverne bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi.
26 yoshli yarim himoyachi 2029 yilgacha “Bornmut” sharafini himoya qiladi.
Bu haqda ingliz klubi matbuot xizmati klub saytida rasman xabar berdi. Markus Taverne 2022 yilda ingliz jamoasi futbolchisiga aylandi.
Uch yil davomida yarim himoyachi klub safida 93 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.